Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrdan yana bir partiya «C» gepatitiga qarshi dori-vositalari yetib keldi

Misrdan yana bir partiya «C» gepatitiga qarshi dori-vositalari yetib keldi

Misr hukumati tomonidan O‘zbekistonga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan «C» gepatitiga qarshi «Daklatasvir» dori vositalarining navbatdagi turkumi yetib keldi.

«Dunyo» AAning Qohiradagi O‘zbekiston elchixonasiga tayanib xabar berishicha, kecha, 12 avgust kuni mazkur insonparvarlik ko‘magining o‘n uchinchi turkumi Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazilgan. Jami 80 dona qutida 1 280 ta «Daclatasvir-60 mg» dori vositalari O‘zbekiston SSV huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan taqsimlanadi.

Qayd etilishicha, Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi 5-8 sentyabr kunlari Qohirada o‘tkazadigan «Aholi, salomatlik va rivojlanish bo‘yicha global kongress» ishida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu tashrif doirasida beg‘araz yordamni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilish ham  mo‘ljallangan.

Avvalroq, ushbu dori vositalarining oldingi partiyalari haqida ham ma’lumot berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring