Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti «kvant mexanikasi sohasidagi tadqiqotlari uchun» berildi

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti «kvant mexanikasi sohasidagi tadqiqotlari uchun» berildi

Fizika bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofoti Fransiya, AQSh va Avstriya olimlariga topshirildi.

Xususan, bu yilgi mukofot kvant mexanikasi sohasidagi tadqiqotlari uchun Parij-Sakle universiteti akademigi Alen Aspe, Berklidagi Kaliforniya universiteti doktori Jon Klauzer hamda Massachusets texnologiya instituti akademigi Anton Saylingerga topshirilgan.

Shuningdek, ular 10 mln shved kronasi (taqriban 915 ming dollar) miqdoridagi mukofot pulini ham bo‘lishib oladi.

Ma’lumot uchun, Fizika bo‘yicha birinchi Nobel mukofoti 1901-yilda berilgan. Keyin germaniyalik Uilyam Rentgen radiatsiya kashfiyoti uchun uning laureati bo‘ldi. Umuman olganda, o‘sha vaqtdan 2021-yilgacha fizika bo‘yicha Nobel mukofotlari berib kelinayotgandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring