Fir’avn Amenhotep I qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)
Qohira universiteti olimlari kompyuter tomografiyasi vositasida fir’avn Amenhotep I taxminan qanday ko‘rinishda bo‘lganini aniqlashdi, yozmoqda «Daily Mail».
Mumiyolangan sarkofag XIX asrda topilgan edi. Sarkofag shunchalik yaxshi saqlangandiki, uni ochishga ko‘zlari qiymagan.
Endi esa kompyuter tomografiyasi bor, uning yordamida bintlar bilan chirmab tashlangan odamning uch o‘lchamli modeli yanatildi.
«Mumiyoning niqob va bintlarini virtual yechib olib, uni batafsil o‘rgandik. Amenhotep I taxminan 35 yoshida vafot etgan, bo‘yi 170 santimetr atrofida, tishlari yaxshi holatda bo‘lgan», — dedi Qohira universiteti radiologiya professori Sahar Salim.
Fir’avning tanasida 30 ta tumor ham munchoqlar qadalgan oltin kamar borligi ma’lum bo‘ldi. Ekspertlar u otasiga o‘xshash bo‘lganini taxmin qilishyapti: tor burunli, iyagi ingichka, sochlari to‘lqinsimon, tepa tishlari oldinga sal turtib chiqqan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Amenhotep I — Misrdagi 18-sulolaning ikkinchi hukmdori, miloddan avvalgi taxminan 1506–1504-yillarda vafot etgan, biroq uning jasadi miloddan avvalgi XI asrda, 21-sulolaning oliy kohinlari tomonidan qayta dafn etilgan.
Fir’avn nimadan o‘lgani hanuzgacha jumboq.
«Biz biron jarohat yoki kasalliklar oqibatida qolgan patologiyani topolmadik. O‘limdan keyin yetkazilgan shikastlar esa anchagina. Bular, taxminimizcha, qabrga o‘g‘irlikka tushganlarning ishi», — dedi professor.
Bundan tashqari, mumiyolovchilar miya va yurakni tanada qoldirishgan, deyishmoqda tadqiqotchilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter