Misrda oltin tilli mumiyo topildi
Misr shimolida olib borilgan qazilma ishlari paytida arxeologlar oltin tilli mumiyoni topishdi. «Daily News Egypt» gazetasining yozishicha, topilma 2000 yillik tarixga ega.
Nashrning qayd etishicha, mumiyo Iskandariyadan g‘arbdagi Taposiris Magna ibodatxonasida yaxshi saqlanmagan 16 ta qabr orasidan chiqqan. Topilma mamlakat tarixida yunon-rim davrida keng tarqalgan misrliklarning dafn marosimidan dalolat berib turibdi. Olimlarning ma’lum qilishicha, qadimgi Misr e’tiqodlariga ko‘ra marhum Yer osti xudosi — Osiris bilan suhbatlasha olishi uchun mumiyo folgadan yasalgan oltin til bilan bezatilgan.
Bundan tashqari, bir guruh olimlar papirus yoki zig‘irning shuvalgan qatlamlaridan yasalgan zarhal qobiqqa o‘ralgan ikkita mumiyoni topdilar, deb yozadi «Smithsonian Magazine». Ulardan bittasiga kobra va shoxlar bilan bezatilgan toj kiydirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter