Finlyandiyada muz ostiga sho‘ng‘ish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi
Finlyandiyada eng uzoq masofaga fridayving bo‘yicha dunyo rekordi o‘rnatildi. Bu haqda Upi portali xabar bermoqda.
Rekord 35 yoshli Artur Garen-Boeri tomonidan o‘rnatildi. U bu borada besh karra jahon chempioni hisoblanadi. Artur nafasni ushlab, suzgich va qo‘lqoplardan foydalanmagan holda muz ostida 175 metrgacha suzib borgan.
Avvalgi rekord chexiyalik David Venslga tegishli bo‘lib, 80,9 metrni tashkil etgan. Rekord 23-fevralda o‘rnatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter