Finlyandiya Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishi uchun muzlatilgan Rossiya aktivlardan foydalanadi

Finlyandiya Ukrainaga 90 million yevro qiymatda og‘ir o‘q-dorilar yetkazib berish to‘g‘risida Yevropa Komissiyasi bilan kelishuv imzoladi.
Ma’lumotga ko‘ra, o‘q-dorilar fin kompaniyalari orqali xarid qilinadi va moliyalashtirish Yevropa tinchlik jamg‘armasi (EPF) orqali, muzlatilgan Rossiya aktivlari hisobiga amalga oshiriladi.
«Ushbu yangi paket Finlyandiyaning 660 million yevroga teng milliy yordam dasturi bilan birgalikda Ukrainaga ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash va mamlakatimiz sanoati o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi. Bu fin mudofaa sanoati imkoniyatlarining yorqin namunasi bo‘lib, o‘q-dori ishlab chiqarish quvvatlariga kiritilgan sarmoyalar o‘zini oqlayotganini ko‘rsatadi», — dedi Finlyandiya mudofaa vaziri Antti Xyakkyanen.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter