Filippinda eng yosh bemor koronavirusdan tuzaldi
![Filippinda eng yosh bemor koronavirusdan tuzaldi](https://static.xabaruz.com/crop/7/7/720_460_95_778930671.jpg)
Filippin Sog‘liqni saqlash vazirligi 16 kunlik go‘dakning COVID-19 dan sog‘ayganini ma’lum qildi, deyiladi tashkilotning «Twitter»dagi sahifasida.
OAVning xabar berishicha, isitmasi chiqayotgan 5 kunlik bolani ota-onasi Maniladagi shifoxonaga olib borishgan. Bir necha kundan so‘ng koronavirusga tahlil natijalari musbat chiqqan. 11 kunlik muolajadan so‘ng bola sog‘aygani aniqlandi. U COVID-19 dan tuzalgan mamlakatdagi eng yosh bemor hisoblanadi.
«COVID-19 ni yenggan eng yosh bemorimiz — 16 kunlik go‘dakni qarshi oling. Milliy bolalar shifoxonasi xodimlari 11 kun davomida chaqaloqni parvarish qilishdi va uni davolashga muvaffaq bo‘lishdi», — deyiladi sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Filippinda 8488 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, 568 nafari hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter