FIFA Isroilni musobaqalardan chetlatishdan bosh tortdi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) G‘azo sektoridagi urush tufayli tashkilot nizomini buzgani uchun Isroilni barcha musobaqalardan chetlamadi, deb xabar beradi ESPN.
Falastin futbol assotsiatsiyasi 2024 yilning may oyida Isroilni diskvalifikatsiya qilish taklifi bilan chiqqandi. Manbaga ko‘ra, FIFA bu masalani 2024 yilning 31 avgustigacha qoldirishga qaror qilgan va shu tariqa isroillik futbolchilarga Parijdagi Olimpiada turnirida qatnashish imkonini bergan.
Isroilga qarshi shikoyatni Falastindan tashqari Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ham qo‘llab-quvvatlagan.
Millatlar ligasining 2024/25 yilgi mavsumida Isroil Belgiya, Italiya va Fransiya terma jamoalari bilan birga A ligasining ikkinchi guruhida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning bahorida FIFA va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) Rossiya terma jamoasini, shuningdek, Rossiyaning barcha klublarini ushbu tashkilotlar nazoratidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirishga qaror qildi. Bunga Ukrainaga bosqin sabab bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter