FHDYo bo‘limlari faoliyati ustidan rahbarlikni kim amalga oshiradi?
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining bir necha qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda agentlikning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.
Loyihaga muvofiq tuman (shahar) hokimliklarining boshqaruv apparatlariga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari va nikoh uylari faoliyati ustidan rahbarlik qilish bo‘yicha, shuningdek FHDYo bo‘limlari kadrlar masalasida qo‘shimcha vazifalar yuklatilmoqda.
Shuningdek, loyihaga asosan, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, FHDYo arxivlari Agentlik rahbarligi ostiga o‘tganligi ham nizomda o‘z aksini topmoqda, ya’ni FHDYo arxivlari Agentlik tizimiga kirishi mustahkamlab qo‘yilmoqda. Agentlikka, uning hududiy boshqarmalariga FHDYo sohasida bir qancha vazifa va funksiyalar yuklanmoqda. Loyihada FHDYo arxivlarini moliyalashtirish masalasi aniq belgilab berilmoqda, FHDYo arxivlari, Davlat xizmatlari markazlari va Agentlik hududiy boshqarmalarining Agentlik markaziy apparati bilan hamkorlik qilish sohalariga alohida urg‘u berilgan.
Loyihaning to‘liq matni bilan yuqoridagi havola orqali regulation.uz qonun hujjatlari muhokamasi portali orqali tanishishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter