«Facebook» yana bir marta «android» yasashga urinib ko‘radi
«Facebook» kompaniyasi o‘z amaliy tizimi ustida izlanyapti, maqsad — mablag‘ni iqtisod qilish hamda «Android» va «Google»ga bog‘lanib qolmaslik, deb yozmoqda «Vesti.Hi-tech».
«Facebook»da o‘z qurilmalari yetarlicha: Mark Sukerberg firmasi «Portal» aqlli qurilmalarini sotyapti, virtual reallik shlemi — «Oculus»ning xilma-xilini chiqarib tashladi, hatto odamlarning fikrini o‘qiy oladigan qurilmagacha yaratishni rejalashtirib qo‘ygan. Biroq kompaniyada o‘z operativ tizimi yo‘q edi, o‘sha nomlari sanalgan «temir» qurilmalarning «miyasi» begona — androidlar edi.
Ana shu bo‘shliqni to‘ldirish vazifasi bir paytlar «Windows NT»ni ishlab chiqqan odamlardan biri Mark Lukovski boshchiligidagi guruh zimmasiga yuklandi. «The Information» o‘z ishonchli manbalariga tayanib xabar berishicha, «Facebook»ning operativkasi nuldan boshlab yoziladi. To‘rt ming kishilik yangi bo‘linma Berlingeymda, kompaniya shtab-kvartirasidan shimoldagi 6500 kvadrat metrlik ofisda joylashadi.
Eslatib o‘tish o‘rinliki, «Facebook»ning o‘z amaliy tizimini yaratish borasidagi ilgarigi urinishi (2013 yili HTC kompaniyasi bilan hamkorlikda) tanazzulga uchragandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter