Fevralning ilk haftasida ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum qilindi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati fevral oyining ilk haftasida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
Ushbu hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni keskin o‘zgarishi kutilmaydi.
31-yanvar va 1-4 fevral kunlarida respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2 fevralda janubiy hududlarda biroz yomg‘ir yog‘adi.
Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Shamol asosan kuchsiz bo‘ladi.
Kechalari harorat 0-5° iliq atrofida, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, shimolda hafta boshida 4-° sovuqqacha bo‘ladi.
Dushanbadan payshanbagacha kunduz kunlari 5-10° iliq atrofida, ba’zi joylarda 12° iliqqacha bo‘ladi.
Juma kuni yer bosimining keskin pasayishi boshlanadi va harorat 11-14° iliqqacha, janubda 15-17° iliqqacha ko‘tariladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter