Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fazliddin G‘oibnazarov 18-yanvar kuni yana ringga ko‘tariladi

Fazliddin G‘oibnazarov 18-yanvar kuni yana ringga ko‘tariladi

Rio Olimpidasi chempioni, jahon chempionati kumush medali sohibi, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarov 18-yanvar kuni (Toshkentda 19 yanvar kuni tongda) dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bokschimiz mazkur jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Jangga tayyorgarlik yakunlandi. Mashg‘ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi. Raqibim kutilmagan vaziyatlarni taqdim etadi deb o‘ylamayman. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman, jarohatim yo‘q. Ertaga vazn o‘lchash marosimi, bir kun o‘tib esa jang. O‘z g‘alabam bilan muxlislarni xursand qilmoqchiman», – dedi Fazliddin.

Ma’lumot uchun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring