Fast-fudlar depressiyaga olib kelishi aniqlandi
Britaniyaning Manchester universiteti olimlari fast-fudlarni ko‘p iste’mol qilish insonda depressiya - tushkunlik yuzaga kelish xavfini 40 foizga oshiradi, degan xulosaga keldi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.
Mutaxassislar taom va tushkunlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish maqsadida 11 ta tadqiqot o‘tkazishdi. Aniqlanishicha, fast-fud va uglevod yog‘lari miqdori ko‘p bo‘lgan boshqa taomlarni iste’mol qiluvchilar 1,4 barobar ko‘proq tushkunlikdan aziyat chekishgan.
Olimlarning fikricha, foydali ovqatlar ruhiy buzilishlarning yuzaga kelish ehtimolini pasaytiradi. Shuningdek, ular zararli ovqatlarni iste’mol qilish istagi tushkunlikning sababi emas, balki natijasi bo‘lishi mumkinligini ham aytmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter