Farg‘onalik ayol noxush YTH qurboniga aylandi

27-yanvar kuni fuqaro M.M. Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani «Lacetti-2» rusumli avtomashinasini Jaloyer qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan M.A. ismli ayolni urib yuboradi.
Natijada ayol tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter