Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onaga kelin bo‘lgan angliyalik qiz qanday yashamoqda? (foto)

Farg‘onaga kelin bo‘lgan angliyalik qiz qanday yashamoqda? (foto)

Foto:«Vodiy24.uz»

Angliyada tug‘ilib o‘sgan Jenni Dobson Farg‘ona viloyatiga kelin bo‘lib tushgani haqida xabar berilgan edi. «Vodiy24.uz» nashri  reportaj tayyorlab, boshqa tafsilotlarni ham oshkor qildi. 

«Jenni va Nurilloxon bundan 3 yil ilgari BAAning Dubay shahrida tanishgan. Nurilloxon bu shaharda turizmni rivojlantirishga ixtisoslashgan kompaniyada xizmat qiladi.Jenni esa bolalar tarbiyachisi. Taqdir nasib deganlaridek, yoshlar bir-biriga ko‘ngil qo‘ydi. Ularning ota-onalari ham munosabatlarni ijobiy qabul qilishdi. Avvaliga Dubayda tantanali to‘y bo‘ldi, 16 iyul kuni bu yerda.Jenni xonim hamma urf-odatlarimizni o‘zlashtirishga harakat qilyapti, barchasini yurakdan bajaryapti. Eng muhimi, hech ikkilanmasdan e’tiqodimizga amal qilib, muqaddas dinimizni qabul qildi. Ko‘rib-turganingizdek, oilada hamma baxtiyor», deyiladi xabarda.

Foto:«Vodiy24.uz»

– Tong saharda uyg‘onib, ko‘cha supurish, nonushta tayyorlashning ham o‘ziga hos zavqi bor ekan. Men avvaldan musulmon oilasiga havas bilan qarardim. Orzularim amalga oshdi. Oilada hamma ingliz tilini yaxshi biladi. Onajonim meni Jannatxon deb chaqiradilar. O‘zbekcha ismim chiroyli talaffuz qilinar ekan. Fuqarolik pasportimga ham shu ismni qayd ettirsammikan, deb o‘ylab qoldim. O‘zbek taomlarini ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rib o‘rgandim. Manti, mastava, somsa, osh tayyorlashga harakat qildim, – deydi britaniyalik kelin. 

Foto:«Vodiy24.uz»

Qaynona Muhayyo opaga ko‘ra, oilada hamma ingliz tilida gaplasha oladi. Shu sababli kelinchak bilan muloqot qilishda hech qanday muammo bo‘lgani yo‘q. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring