Farg‘onadan Kuvaytga yangi mutnazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov «Jazeera Airways» aviakompaniyasining O‘zbekiston va Tojikiston bo‘yicha direktori Ildar Abubekirovni qabul qilgan. Uchrashuvda «Jazeera Airways» tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan Kuvayt-Farg‘ona-Kuvayt yo‘nalishidagi aviaqatnov bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, Farg‘ona xalqaro aeroportidan ushbu aviakompaniya bilan birgalikda Misr, Turkiya va qator Yevropa mamlakatlariga aviaqatnovlarni tashkil etish istiqbollari muhokama qilingan.
Hozirgi kunda O‘zbekistonning uchta shahridan «Jazeera Airways» tomonidan Kuvaytga amalga oshirilayotgan aviaqatnovlarda Farg‘ona viloyatida yashovchi yo‘lovchilar salmoqli hissaga ega ekanini qayd etgan Ildar Abubekirov, aviakompaniya bundan kelib chiqqan holda dekabr oyidan boshlab Kuvayt-Farg‘ona-Kuvayt yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yishga qaror qilganini ma’lum qilgan.
168 o‘ringa mo‘ljallangan «Airbus A320neo» samolyotlarida dastlabki bosqichda haftasiga 3 ta aviareys tashkil etilsa, kelgusi oylardan boshlab kunlik aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Muloqot davomida shuningdek, Farg‘onadan Misr, Turkiya va qator Yevropa mamlakatlariga aviaqatnovlarni tashkil etish istiqbollari muhokama qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter