Farg‘onadagi tartibsizlik bo‘yicha 8 kishi qo‘lga olindi
Farg‘onada «Neftchi» va «Turon» jamoalari o‘rtasida bahsda hakamni kaltaklagan va ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargani uchun 8 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasiga asoslanib Tribuna.uz muxbiri xabar berdi.
Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi rasmiy kanalida ushbu o‘yindan keyingi holatlar bo‘yicha bayonot berildi.
«Neftchi» – «Turon» uchrashuvidan keyin sodir bo‘lgan holatlar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan nazoratga olingan. Hozirda barcha huquqbuzarlar ushlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voqeaga aloqador har bir ishtirokchining harakatiga qonuniy baho beriladi», deyiladi bayonotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter