Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onadagi janjal pichoqvozlikka aylanib ketdi. 6 nafar shaxs qamoqqa olindi

Farg‘onadagi janjal pichoqvozlikka aylanib ketdi. 6 nafar shaxs qamoqqa olindi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Joriy yilning 10-mart kuni soat taxminan 14:30 da, 24 yoshli fuqaro I.O. bir guruh tanishlari bilan birga Farg‘ona shahar S.Ahmad ko‘chasida fuqaro T.U. bilan o‘rtalaridagi o‘zaro kelishmovchilik sabab gap talashib janjallashib ketishgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berishicha, janjal shunchaki mushtlashuv bilan yakun topmadi. T.U. va I.O.lar o‘zlari bilan olib kelgan pichoqlarni ham ishga solishib bir-birlarini tanalarining turli sohalariga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazishgan.

I.O.ning  jinoiy sheriklari ham janjalda faol ishtirok etishib, qo‘llaridagi tosh va temir jismlar bilan fuqaro T.U.ning bosh va tanasining turli qismlariga urib, og‘ir tan jarohati yetkazishib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyidan voqeaga aloqador tosh bo‘laklari, oshxona pichog‘i va qon namunalari hamda shu atrofdagi savdo do‘koniga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamasiga qayd qilingan tasvirlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan I.O va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «ye,k» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni sodir etgan shaxslarning 6 nafariga nisbatan «Qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring