Farg‘onada yarim gektar maydondagi «ko‘knori» va «nasha» yo‘q qilindi
Farg‘ona viloyatida Ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda «Qora dori – 2020» keng qamrovli tadbirining birinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
2020-yilning 1-15-may kunlari giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jami 50 dan ortiq holatlar qayd etildi.
30 dan ortiq holatda 20.000 tupdan ko‘p bo‘lgan «ko‘knori» va «nasha» giyohvandlik o‘simliklari qonunga xilof ravishda parvarishlanayotganligi aniqlanib, yo‘q qilingan.
Shuningdek, tadbir davomida kuchli ta’sir qiluvchi jami 200 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari olingan.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter