Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada xonadonlarga quyosh panellari o‘rnatilmoqda

Farg‘onada xonadonlarga quyosh panellari o‘rnatilmoqda

Farg‘ona tumanidagi «Mindonobod» va «Novkent», Yozyovon tumanidagi «Qotortol», Qo‘shtepa tumanidagi «O‘qchi» mahalla fuqarolar yig‘inlarida joylashgan xonadonlar quyosh panellari o‘rnatiladi.

Viloyat hokimligining xabar qilishicha, dastlabki bosqichda Farg‘ona tumani «Novkent» MFY hududidagi mavjud 426 ta xonadonning 108 tasiga quyosh panellarini o‘rnatish belgilangan.

Bundan tashqari, tumanning «Mindonobod» MFY hududida ham 862 ta xonadon mavjud bo‘lib, shundan dastlabki bosqichda 290 ta xonadonga quyosh panellarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Natijada bu ikki hududda qariyb 82-85 foiz elektr energiyasi iste’molini tejashga erishilishi kutilmoqda.

Quyosh panellari o‘rnatilgan xonadonlarga soliq imtiyozlari berilishi ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring