Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada xonadondan 5 million so‘mlik tilla-taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Farg‘onada xonadondan 5 million so‘mlik tilla-taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uydan 5.000.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Uchko‘prik tumani. Yangiobod mahalla hududida yashovchi fuqaro T.N IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 16-dekabr kunidan 17-dekabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan 5.000.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Yu.U sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring