Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Foto: YHXBB matbuot xizmati

1 noyabr kuni soat 22:00 larda Furqat tumani Qo‘qonboy qishlog‘i hududida YTH sodir bo‘ldi.

A-376 Qo‘qon—Jizzax avtomobil yo‘lining 10-kilometrida 1992 yilda tug‘ilgan N.D. boshqaruvidagi Nexia-2 qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, 1985 yilda tug‘ilgan Yu.M. boshqaruvidagi VAZ-2105 bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatda Nexia-2 haydovchisi N.D. va yo‘lovchisi R.O. tan jarohati olib hodisa joyida, yana ikki yo‘lovchi — R.K. va M.G‘. esa shifoxonada vafot etgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmatiCaption

«Jiguli» haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi Furqat tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring