Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada ko‘p yillik daraxtlar ayovsiz kesib tashlandi

Farg‘onada ko‘p yillik daraxtlar ayovsiz kesib tashlandi

Skrinshot.

Farg‘onada daraxtlar elektr tarmoqlari korxonasi ishchilari tomonidan ayovsiz kesilayotgani xabari tarqaldi. 

Ekologiya boshqarmasi xabarida ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tumani «Qirqketmon» MFFda O‘zbekiston tuman Elektr tarmoqlari xodimlari tomonidan, shamol esishi natijasida elektr simiga tegib, inson hayoti va sog‘ligiga xavf solayotgan manzarali va mevali daraxtlarni hech qanday ruxsatnomasiz o‘zboshimchalik bilan kesilayotgani aniqlangan. Xodimlar tomonidan holat joyida to‘xtatilib, qolgan daraxtlar saqlanib qolingan.

Yuqoridagi holatga ko‘ra, noqonuniy ravishda 48 to‘p ko‘p yillik qarag‘ay, 9 tup shumtol va 30 tupdan ortiq mevali daraxtlarni ostidan kesib tashlashgan.

Prezidentning 2021-yil 30-dekabrdagi 46-sonli farmonini 2-a-bandiga asosan, daraxt va butalarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qo‘llanilib, 43 mln 410 ming so‘mlik zarar qayta hisoblanganda 856 mln 500 ming so‘mni tashkil qilgan.

Hozirda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga taqdim etilgan, deyiladi boshqarma xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring