Farg‘onada katta miqdorda tabiiy gaz o‘g‘irlanish holatlari aniqlandi

10 kun davom etgan o‘rganishlar davomida viloyatdagi 15 ta ishlab chiqarish ob’yektlarida qo‘pol qonunbuzarliklar aniqlangan. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 1 million 353 ming kub. metrdan ortiq gaz o‘g‘irlanishi hamda gazni hisobga olishdagi qonun buzilishlari bilan bog‘liq qator kamchiliklar fosh bo‘lgan. Gaz ta’minoti korxonalariga esa 1 milliard 350 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter