Farg‘onada ishchini tuproq bosib qoldi. FVV bayonoti
16-may kuni soat 11:50 da Farg‘ona viloyati FVB navbatchilik qismiga Yozyovon tumani «Yuqori Soybo‘yi» mahallasida bir kishining ustiga tuproq ko‘chib tushgani haqida xabar kelib tushgan.
Vazirlik xabarida yozilishicha, bu holat xandaq qazishda xavfsizlik qoidalarining qo‘pol ravishda buzish natijasida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan Farg‘ona viloyati FVB qutqaruv otryadlari yetib kelgan.
Ko‘chib tushgan tuproq bir necha daqiqalarda olib tashlandi. Qayd etish joizki, qutqaruvchilarga voqeaga guvoh bo‘lgan shaxslar ham yordam ko‘rsatishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi subpudratchi tashkilot xodimi bo‘lib, xandaq qazish vaqtida xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. U tan jarohatlari olgan bo‘lsada, shifokorlarning fikriga ko‘ra, uning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter