Samarqandda elektr korxonasining ikki xodimi ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda tuman ETK texnik xodimi R.R. va hisobchisi S.T. fuqaro F.B.ning xonadonida elektr tarmog‘idan foydalanish tartibini buzganligi holati bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirmaslik hamda hisoblagich ko‘rsatkichini “nol” qilib berish evaziga 7,5 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, shundan 5 mln so‘mi qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter