Farg‘onada fojiali YTH sodir bo‘ldi

Voqea 3-aprel kuni sodir bo‘lgan. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, fuqaro Sh.N. «Nexia-2» rusumli avtomashinasini Furqat tumani Qushchi qishlog‘ida boshqarib ketayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan. Avtomashina yo‘l chetidagi zovurga tushib ketishi natijasida haydovchi Sh.N. hodisa joyida vafot etgan.
Shuningdek, mazkur avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi G‘.I. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan hozirda Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter