Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada fermer xo‘jaligi davlatga 12,5 mlrd so‘m zarar keltirdi

Farg‘onada fermer xo‘jaligi davlatga 12,5 mlrd so‘m zarar keltirdi

Foto: Xabar.uz

Oltiariq tumanida davlat va jamiyat manfaatlariga 12,5 mlrd so‘m zarar yetkazgan fermer xo‘jaligi aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo‘lim tomonidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan. Ma’lum bo‘lishicha, «F.Z.» fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari «Oltiariq» qum-shag‘al aralashmasi konidan xo‘jalikka biriktirilgan qismidan tashqari hududdan o‘zboshimchalik bilan 26 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 12,5 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shuningdek, fermer xo‘jaligining muzlatkich omborida 79 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring