Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada bo‘lim mudiri pora ustida qo‘lga olindi

Farg‘onada bo‘lim mudiri pora ustida qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda tuman tibbiyot birlashmasining xodimlar bo‘limi mudiri, tanlov komissiyasi kotibi Sh.P. fuqaro X.ni birlashma komissiyasi raisi va a’zolari yordamida hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Sh.O. fuqaro S.ni tanishlari orqali hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring