Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada bojxonachilarni chuv tushirishga uringan «uddaburonlar» qo‘lga tushdi

Farg‘onada bojxonachilarni chuv tushirishga uringan «uddaburonlar» qo‘lga tushdi

Farg‘ona viloyatining «Rishton» chegara bojxona postida O‘zbekiston hududdiga katta miqdordagi xorij valyutasini olib kirayotgandek ko‘ringan shaxslar ushlandi.

Aniqlanishicha,  huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda harakatlari bilan shubha uyg‘otgan ikki nafar shaxs – B. Sobirjonov va A. Xolmatov tomonidan taqdim etilgan chet el valyuta qimmatliklari ko‘zdan kechirilganda ularning umumiy miqdori bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilganidek bo‘lmagan.

Ma’lumki, chet el valyutalari qimmatliklarini chegaradan olib o‘tishning tartib-qoidalari bor. Afsuski, G‘. Boboyev, B. Sobirjonov va A. Xolmatov bojxonachilarni soxta hujjatlar bilan aldab, mo‘may daromad topish rejasini tuzishadi.

Ular 29 ming 962 AQSh dollarini bojxona nazoratidan yashirincha O‘zbekiston Respublikasi «Rishton» chegara bojxona posti  orqali «o‘zbek-qirg‘iz» davlat chegaralari kesishgan neytral hududga olib o‘tishgan. Bu yerda ular ajratib olingan pullarni 32 ta bog‘lamga bo‘lib, bog‘lamlarning ustiga 100 kupyurali, orasiga esa 1 kupyurali AQSh dollarini joylashtirgan. Go‘yoki O‘zbekistonga juda ko‘p miqdordagi chet el valyuta qimmatliklarini olib kirayotgan fuqaro sifatida postga qaytib kelib, 315 ming va 320 ming AQSh dollari miqdorida chet el valyuta qimmatliklari borligini ko‘rsatib, muayyan huquq beradigan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasiga soxta yozuvlar kiritgan.

Tadbirda esa ularning qilmishlari fosh qilingan.

Oliy sud matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha Rishton tuman sudi tominidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sudlanuvchilarga tegishli jazo tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring