Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada 90 mln so‘mlik kontrabanda tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Farg‘onada 90 mln so‘mlik kontrabanda tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Farg‘onada 90 mln so‘mlik 180 000 dona kontrabanda tamaki mahsulotlari ortilgan «Damas» ushlandi.

Tezkor axborot asosida huquqni muhofaza qilish organlari noqonuniy tamaki mahsulotlarining yirik partiyasini qo‘lga oldilar. Hududiy bojxona boshqarmasi inspektori Azizbek Rahmatovning so‘zlariga ko‘ra, ikki turdagi, jami 90 mln so‘mlik 180 000 dona sigareta aniqlangan.

Qayd etib o‘tamizki, joriy yilning oxirgi yetti oyi davomida Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasida 29 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ularda jami 1 milliard 421 mln so‘mlik 3 471 400 dona kontrabanda sigaretasi musodara etilgan.

Keyingi yillar davomida tamaki mahsulotlari kontrabandasi jadal o‘smoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u shunchalik yuqori darajaga yetganki, noqonuniy sigaretalardan to‘lanmay qolgan soliqlar evaziga davlat 2,5 million kishini (2500 kichik qishloq) toza suv bilan ta’minlashi mumkin bo‘lardi.

Yetkazib beruvchilar va noqonuniy mahsulot bilan savdo qiluvchi sotuvchilarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish orqaligina kontrabandani yengish mumkin. Shu sababli, 2022 yil iyun oyidan noqonuniy tamaki mahsuloti savdosi uchun javobgarlik kuchaytirildi. Endi tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotganlik uchun, mahsulot musodarasidan tashqari, BHMning 50 baravari va undan yuqori miqdorda jarima belgilanadi.

Takroriy qonunbuzarlik uchun yoki salmoqli miqdordagi noqonuniy aylanma uchun esa, quyidagilar ko‘zda tutilgan:

– Jinoiy javobgarlik va 54 mln so‘m va undan yuqori miqdorda jarima;
– Axloq tuzatish ishlari;
– 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki cheklash.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring