«Farg‘ona suv ta’minoti» vakili katta miqdordagi pulni o‘zlashtirib yubordi
«Farg‘ona suv ta’minoti» MChJ Komplayens-nazorat xizmati tomonidan Jamiyatning buxgalteriya bo‘limida sodir etilgan qonunbuzilish holatlari o‘rganib chiqilgan.
Aniqlanishicha, MChJ bosh hisobchisi o‘rinbosari M.T. 2020-2022 yillar davomida o‘z lavozim mavqeidan g‘arazli maqsadlarda foydalanib, MChJ hisob raqamidagi katta miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zining va boshqa shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazib, jami 659,1 mln. so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirgan.
Hozirda M.T. tomonidan 186 mln. so‘m MChJning depozit hisob raqamiga to‘lab berilgan, deyiladi «O‘zsuvta’minot» AJ axborot xizmati xabarida.
Talon-toroj qilingan qolgan summani undirish maqsadida ayni damda Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter