Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Faqat sud tartibida hal qilinadi» — Prezident klasterlar faoliyatini tugatishda o‘zgarish bo‘lishini aytdi

«Faqat sud tartibida hal qilinadi» — Prezident klasterlar faoliyatini tugatishda o‘zgarish bo‘lishini aytdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda klasterlar faoliyatining huquqiy kafolatlari yanada kuchaytiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida klasterlar faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi videoselektorda ma’lum qilib o‘tdi.

Endi, ochiq tanlov asosida barcha klasterlar bilan 30 yil muddatgacha alohida shartnoma tuziladi.

Klasterlarga o‘g‘it, yoqilg‘i va texnika xizmatlari kabi masalalarni mustaqil o‘zlari hal qilish va ularni to‘siqsiz import qilishga ruxsat beriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, paxtachilik fermerlari yerining ijara shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bo‘shagan yerni qayta ijaraga berishda ushbu hududdagi klasterga tanlovda ustuvorlik beriladi.

Prezident shu bilan birga klasterlar faoliyatini tugatish bo‘yicha ham o‘zgarish bo‘lishini ta’kidladi.

Bundan buyon, klasterlar faoliyatini tugatish, Respublika komissiyasi xulosasi asosida, faqat sud tartibida hal qilinadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari o‘n kun muddatda ushbu masalalarni tartibga solish uchun qonun loyihasi kiritishni Shuhrat G‘aniyev, Jamshid Xo‘jayev, Ruslan Davletov, Murtazo Raxmatov (Klasterlar uyushmasi) va Aziz Voitov zimmasiga yukladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring