Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FAO yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolish uchun birlashishni ta’kidlaydi

FAO yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolish uchun birlashishni ta’kidlaydi

foto: kevmrc.com/animals-in-uzbekistan

O‘zbekistonda 12-17-fevral kunlari «Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash» bo‘yicha Konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi (CMSCOP14) bo‘lib o‘tmoqda. BMTning yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda o‘tkazayotgan ushbu birinchi xalqaro tadbirida ishtirok etish uchun tarixiy Samarqand shahriga 130 mamlakatdan 1500 dan ortiq ishtirokchilar to‘plandi.

«Markaziy Osiyo yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash va tiklashga to‘sqinlik qiladigan iqlim o‘zgarishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi muammolarni yengish uchun birgalikda ishlashga va oldinga siljishga imkon beradigan innovatsiyalarning yetakchisidir. Bu muammolarni faqat birgalikda hal qilish mumkin. Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan anjuman mintaqaviy va jahon miqyosida olib borilayotgan sa’y-harakatlarning yorqin namunasi bo‘ldi.

Biz uchun yana bir muhim soha – bu yovvoyi tabiat va odamlarning o‘zaro ta’siri. Biz Hindistonda Global Ekologik Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirilayotgan yovvoyi yo‘lbarslar bo‘yicha qiziqarli loyihani amalga oshirmoqdamiz. Bundan tashqari, biz Afrikada yovvoyi fillar populyasiyalarini saqlab qolish uchun uzoq vaqt ishladik. Shuni unutmaslik kerakki, atrof-muhit salomatligi va inson salomatligi o‘zaro uzviy bog‘liqdir», – dedi BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktorining maxsus vakili Deniel Gustafson.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, FAOning ko‘chib yuruvchi hayvon turlarini saqlash bo‘yicha ishlarining aksariyati dengiz baliqchiligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu yerda sezilarli yutuqlarga erishilgan bo‘lsada, ammo hali ko‘p ishlar qilinishi lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring