Falastin tarafdorlari AQSh Kongressi binolaridan birini egallashdi (video)
Falastin tarafdori bo‘lgan namoyishchilar AQSh Kapitoliy majmuasining kirish eshigi bo‘lgan «Cannon Rotunda» binosini egallab olishdi, deb xabar bermoqda Fox 5.
Telekanalning qayd etishishicha, bir necha kishi hibsga olingan va bino atrofida esa «hozir o‘t ochishni to‘xtatish» haqidagi shiorlar eshitiladi.
Keyinroq AQSh Kongressi Vakillar palatasining vaqtinchalik spikeri Patrik Makgenri namoyishchilar oldiga chiqqan. Olomon qarshisida u Rotundaga Isroil bayrog‘ini osib qo‘ygan.
Fox 13 nashrining yozishicha, miting tashkilotchilariga ko‘ra, Kapitoliy yaqinida kamida 10 ming kishi bor, yana 500 nafari Cannon binosiga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Namoyishchilar Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda va «Isroil hukumati tomonidan falastinliklarga nisbatan davom etayotgan etnik tozalash»ni to‘xtatishni talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 17 oktyabr kuni G‘azo sektoridagi «Al-Ahli» baptistlar kasalxonasiga zarba berildi. Kamida 800 kishi halok bo‘ldi. HAMAS hujumda Isroilni, Isroil esa «Islomiy jihod»ni aybladi.
Dunyo hamjamiyati ushbu hujumni «dahshatli harbiy qirg‘in» va «insoniyat uchun sharmandalik» deb baholamoqda.
O‘zbekiston ham «bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz», deb bayonot berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter