«Fahsh baronessasi» deportatsiya qilindi
«Fahsh baronessasi» nomi bilan tanilgan ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan, xalq orasida «Madam Klod» taxallusi bilan tanilgan, 1989-y.t. Nilufar Mirxanova joriy yilning 10-yanvar kuni O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeropotidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U odam savdosida ayblanmoqda.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘raladi, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun: Klod Xonim 1960-1970-yillarda Fransiyada eng taniqli qo‘shmachi bo‘lgan va u 500 nafar atrofidagi fohisha bilan ishlagani ma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter