Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook» OAVlarni ishonchlilik bo‘yicha tabaqalay boshladi

«Facebook» OAVlarni ishonchlilik bo‘yicha tabaqalay boshladi

Foto:«Ashton Technology Solutions»

«Facebook» asoschisi Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoq OAVlarni ishonchlilik reytingi bo‘yicha tabaqalay boshlaganini ma’lum qildi», — deb yozmoqda «Gazeta.ru».

Sukerberg har yili o‘tkaziladigan «F8» dasturchilar konferensiyasidagi chiqishidan so‘ng ommaviy axborot vositalari rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda «BuzzFeed News», «New York Times», «CNN», «Wall Street Journal», «NBC», «Daily Beast», «Economist», «HuffPost», «Insider», «Atlantic», «New York Post» va boshqa nashrlar vakillari ishtirok etdi.

Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya ishonchlilik reytingi asosida OAVni baholash va ko‘rsatkichga muvofiq xabarni targ‘ib qilish yoki yashirish tizimini yo‘lga qo‘yishni boshlagan. Shuningdek, kompaniya foydalanuvchilar turli OAVlarni qanday qabul qilishi va ularga ishonish-ishonmasligi haqida ma’lumotlarni to‘plagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring