«Facebook» 2020-yilda «beziyon» kompaniyaga aylanadi
![«Facebook» 2020-yilda «beziyon» kompaniyaga aylanadi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2573691830.jpg)
«Xaytek» yozishicha, «Facebook» kompaniyasi 2020-yil oxiriga borib barcha global operatsiyalari va data-markazlarini faqat tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga ishlatadi. Kompaniya atmosferaga zaharli gazlar chiqarishni 75 foizga kamaytirishga ham va’da bergan.
«Facebook» uch yil oldin 2018-yilgacha elektr energiyasining kamida 50 foizini quyosh va shamol hisobiga qoplashni maqsad qilgandi. Ko‘zlangan mo‘ljalga ikki yil ham yetarli bo‘ldi — 2017-yilda 51 foizlik ko‘rsatkichga erishildi. «Facebook» hozirning o‘zidayoq AQShning 7 ta shtati va ikki mamlakatdagi data-markazlarini 100 foiz tiklanuvchi energiya hisobiga ishlatyapti.
«Google» va «Apple» kompaniyalari ham ijtimoiy tarmoq izidan borib, tabiatga kamroq zarar yetkazish yo‘llarini qidirishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter