YeXHT boshqaruvi birinchi marta ayol kishi qo‘liga o‘tmoqda
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) rahbarligiga nemis diplomati Helga Shmid kelmoqda. Bu haqda YeXHTning amaldagi raisi Edi Rama ma’lum qildi.
«Ushbu kengashda YeXHTning yangi rahbariyati tayinlanayotganidan mamnunman: Helga Shmid — YeXHT bosh kotibi, Mateo Mikachchi — Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi direktori, Tereza Ribeyra — OAV erkinligi bo‘yicha vakil, Qayrat Abdurahmonov — milliy ozchiliklar bo‘yicha oliy komissar», — dedi Rama tashkilot vazirlar kengashi yig‘ilishida.
Germaniyalik siyosatchi vakolat muddati 2020-yilning iyulida nihoyasigsha yetgan sobiq bosh kotib Tomas Gremingerning o‘rnini egallaydi. O‘shandan beri tashkilot rasmiy rahbarsiz faoliyat yuritib kelayotgandi.
Helga Shmid — tashkilot rahbari etib tayinlanayotgan ilk ayol kishi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter