Yevroparlament Rossiyani «terrorchi davlat» deb e’lon qilmoqchi
Yevroparlament Rossiya Federatsiyasini terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi rezolyusiya loyihasi matnini kelishib oldi.
Bu haqda Yevroparlament deputati Andrius Kubilius Twitter sahifasida ma’lum qildi.
«Yevropa parlamenti siyosiy guruhlari o‘rtasida to‘rt soat davom etgan muzokaralardan so‘ng matn bo‘yicha kelishuvga erishildi», – deb yozadi u.
Kubiliusning ta’kidlashicha, rezolyusiya loyihasining asosiy nuqtasi: «Yevropa parlamenti... Rossiyani terrorizmning homiysi va terrorchilik vositalaridan foydalanadigan davlat sifatida tan oladi», degan mazmundagi band hisoblanadi.
Yevroparlament matbuot kotibi Delfin Kolardning qaydicha, rezolyusiya loyihasini 23-noyabr kuni Strasburgda bo‘lib o‘tadigan sessiyada ovozga qo‘yish rejalashtirilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter