Yevropada «G‘arbiy Nil» virusi 22 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Yevropada jazirama: «G‘arbiy Nil» virusi tufayli 22 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr».
Yevropa qit’asida iqlim o‘zgarishi tufayli kuzatilayotgan jazirama sababli epidemik kasalliklar urchib boryapti.
Mutaxassislar «G‘arbiy Nil» virusi infeksiyasi so‘nggi yillarda kщpayib borayotganidan tashvishda.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, «G‘arbiy Nil» virusi infeksiyasining ortib borishiga issiq ob-havo hamda namlik tufayli chivinlarning ko‘payishi sabab bo‘layotgan ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter