Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden Vatikanga 85 ta mashinadan iborat kortejda kelishiga to‘g‘ri keldi (foto)

Bayden Vatikanga 85 ta mashinadan iborat kortejda kelishiga to‘g‘ri keldi (foto)

Foto: «Daily Mail»

AQSh prezidenti Jo Bayden Rim papasi Fransisk bilan uchrashish uchun Rim ko‘chalari bo‘ylab 85 ta mashinadan iborat kortejda o‘tdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Avvalroq Jo Baydenning Yevropaga safari boshlangani to‘g‘risida xabar bergandik.

Amerika rahbari Rim papasi bilan muzokaralar uchun The Beast («Yirtqich») nomli Cadillac xizmat mashinasida kelgan. Aniqlik kiritilishicha, uzun kortej Bayden va AQShning birinchi xonimi Jill Bayden uchun zarur bo‘lgan. Chunki koronavirus pandemiyasi tufayli Italiya hukumati bitta mashinada birga yashamaydigan atigi uch kishi ketishiga ruxsat bergan.

Bundan tashqari, antikoronavirus cheklovlari tufayli Vatikan Baydenning Fransisk bilan uchrashuvini oldindan rejalashtirib qo‘yilgan jonli teletranslyasiyasini bekor qildi. Bu haqda Oq uyda va Muqaddas taxt qoshida akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlar shikoyat qilishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring