Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa va AQSh Belarus bo‘ylab parvozlarni taqiqlashga chaqirdi

Yevropa va AQSh Belarus bo‘ylab parvozlarni taqiqlashga chaqirdi

AQSh Senatining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Bob Menendes Chexiya, Latviya, Germaniya, Litva, Irlandiya, Polsha va Buyuk Britaniyadagi hamkasblari bilan birgalikda Ryanair samolyotining Minskka favqulodda qo‘nishi bilan bog‘liq voqea yuzasidan bayonot berdi. Unda Belarus bo‘ylab barcha reyslarni taqiqlashga chaqiriq mavjud. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

«Biz Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotini zudlik bilan davlatlar o‘rtasida erkin tranzitning va aviatsiyaga tahdidning buzilishini tergov qilishga chaqiramiz», —deyiladi Menendes matbuot xizmati tarqatgan bayonotda.

Qonun chiqaruvchilar tergov o‘tkazilguncha Belarusning tashkilotga a’zoligini to‘xtatishga va «Belarus bo‘ylab barcha parvozlarni, shu jumladan mamlakatga kirish-chiqish parvozlarini taqiqlashga» chaqirishgan.

«Biz Roman Protasevich va boshqa barcha siyosiy mahbuslarni zudlik bilan va ozod qilishga chaqiramiz»,— deb qo‘shimcha qilingan hujjatda.

Roman Protasevichning hibsga olinishi

23-may kuni Minsk aeroportida muxolif bloger Roman Protasevich qo‘lga olindi.

Yevropa Ittifoqining ko‘plab siyosatchilari va rasmiylari voqea yuzasidan xalqaro tekshiruv o‘tkazishga chaqirishgan. Ular ushbu voqeani Yevropa Ittifoqining ikki davlati o‘rtasida uchib ketayotgan samolyotni majburan uchinchi mamlakat hududiga qo‘nish deb hisoblashgan.

Belarusda Protasevich «Ommaviy tartibsizlikni tashkil etish» (15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) va «Jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzgan guruh harakatlarini tashkil etish» (uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) jinoiy moddalari bilan ayblanmoqda. Bundan tashqari, «kasbiy mansubligi asosida ijtimoiy adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar» (eng yuqori jazo 12 yil qamoq jazosi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

«Nyexta» telegram kanali o‘z faoliyatini o‘tgan yil avgust oyida Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng boshlangan va olti oydan ko‘proq davom etgan norozilik namoyishlariga chaqirgan. Respublika hukumati ushbu Telegram kanalini ekstremistik kanal deb tan olgan. Protasevichning o‘zi terrorizmga aloqadorlar ro‘yxatida kiritilgan va qidiruvga berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring