Yevropa so‘nggi 500 yildagi eng yomon qurg‘oqchilikka duch keldi
Bu yilgi qurg‘oqchilik Yevropa mamlakatlarida so‘nggi 500 yildagi eng yomoni bo‘lishi mumkin. Bu haqda Yevrokomissiya matbuot xizmati vakili bayonot berdi.
Ta’kidlanishicha, hozirgisi xomcho‘t, yakuniy xulosa mavsum yakuniga borib beriladi.
Misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilik, jumladan, fransuz vinolarining ta’m xususiyatlariga ta’sir o‘tkazgani aytilmoqda. Mamlakatning turli hududlaridagi vinochilar kasaba uyushmalari ma’lumot berishicha, bu yil qurg‘oqchilik nafaqat vinoning ta’miga ta’sir qildi, balki uning narxi oshishiga ham olib keladi, biroq mahsulotning umumiy sifatida pasayish kutilmayapti.
Ruminiyada qurg‘oqchilik oqibatida qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan 413 145 ming gektar yerda ziyon hisoblandi, mamlakatdagi jami 41 uyezdning 34 tasida suv taqchilligi yuzaga keldi. Hamma joyda hosil yig‘ib olinmagani uchun, qurg‘oqchilik yetkazgan zarar miqdorini hisoblash davom etyapti.
Hozirda mavjud ma’lumotlar Yevropa ittifoqi mamlakatlarining deyarli yarmi qurg‘oqchilikdan ziyon ko‘rganini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, Ispaniya, Germaniya, Vengriya va Belgiya fermerlari eng ko‘p zarar ko‘rgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter