Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Millatlar ligasi birinchi finalchisi aniqlandi

Yevropa Millatlar ligasi birinchi finalchisi aniqlandi

Foto: Reuters

Yevropa Millatlar ligasi yarim finalida Portugaliya Germaniyani mag‘lubiyatga uchratdi.

Myunxenda o‘tgan o‘yin 1:2 hisobida yakunlandi.

Hisobni 48-daqiqada Germaniya terma jamoasi futbolchisi Florian Virs ochdi. Oradan 15 daqiqa o‘tib Shiku Konseysau muvozanatni tikladi, besh daqiqadan keyin esa Krishtianu Ronaldu Portugaliyaga g‘alaba keltirgan golni kiritdi.

Portugaliya finalda Ispaniya–Fransiya juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi (ikkinchi yarim final bugun, 5-iyun kuni bo‘lib o‘tadi).

UEFA Millatlar ligasi finali 8-iyun kuniga belgilangan. Shu kuni Germaniya uchinchi o‘rin uchun o‘yin o‘tkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring