Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyani yana uzaytirdi
Yevropa ittifoqi mamlakatlari va hukumatlari rahbarlari Bryusselda bo‘lib o‘tayotgan sammitda Rossiyaga qarshi 31-yanvarda muddati tugaydigan iqtisodiy sanksiyalarni yana yarim yilga uzaytirishga qaror qilishdi. Bu haqda tashkilot rahbari Donald Tusk ma’lum qildi.
— YeI Minsk kelishuvlarini amalga oshirishda bir qadam ham siljish bo‘lmaganini hisobga olib Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar muddatini uzaytirdi, — dedi Tusk.
Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar 2014 yil iyunida Donbass osmonida MH17-reysni amalga oshirayotgan Malayziyaga qarashli «Boeing» yo‘lovchi samolyoti urib tushirilganidan so‘ng kuchga kirgandi. Shundan beri sanksiyalar har yarim yilda o‘zgarishlarsiz uzaytirib kelinyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter