Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevrokomissiya Vengriyaning YeI budjetidagi 7,5 milliard mablag‘ini muzlatishga qaror qildi

Yevrokomissiya Vengriyaning YeI budjetidagi 7,5 milliard mablag‘ini muzlatishga qaror qildi

Yevrokomissiya Vengriya uchun YeI budjetidagi 7,5 milliard yevrogacha bo‘lgan mablag‘ni muzlatishga qaror qildi. Qaror Yevropa Ittifoqi kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Aniqlik kiritilishicha, bunday qadam Yevroittifoq budjeti va moliyaviy manfaatlarini Vengriyada qonun ustuvorligi buzilishidan himoya qilishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

Yevropa Komissiyasi birlashish siyosati doirasida uchta operatsion dastur bo‘yicha majburiyatlarning 65 foizini to‘xtatib qo‘yishni taklif qildi. Kengash ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qilish uchun bir oy muddatga ega. Istisno holatlarda muddat ikki oyga uzaytirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 16-sentyabr kuni Yevroparlament Vengriyani endi demokratik davlat deb hisoblash mumkin emasligini e’lon qildi va Yevrokomissiyani shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi. Yevroparlament deputatlari Vengriyaning avtoritarizm tomon siljishini qoralab, Bosh vazir Viktor Orban davlatini “saylov avtokratiyasi” deb atadi.

Iyul oyida Yevropa Ittifoqi Vengriyani moliyalashtirishdan mahrum qilishni talab qilgan edi. Mamlakat Yevropa Ittifoqining barcha tavsiyalarini bajarishi kerak edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring