Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevrokengash Yevropa Ittifoqining yangi rahbarlarini tasdiqladi

Yevrokengash Yevropa Ittifoqining yangi rahbarlarini tasdiqladi

Foto: REUTERS/EPA

Yevropa kengashi Yevropa Ittifoqidagi yuqori lavozimlarni Ursula fon der Lyayen, Antoniu Koshta va Kaya Kallas o‘rtasida taqsimladi. Endi lavozimga nomzodlar Yevroparlament tasdig‘idan ham o‘tishi kerak.

Yevrokengashdagi ovoz berish yakunlariga ko‘ra,  Ursula fon der Lyayen (suratda chapda) Yevrokomissiya raisi lavozimini saqlab qoldi, Portugaliya sobiq bosh vaziri Antoniu Koshta Yevropa Ittifoqi kengashiga rahbar bo‘ldi (Sharl Mishel o‘rniga), Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas esa YI bosh diplomati — u tashqi siyosat xizmatini boshqaradi.

Yangi chaqiriq Yevroparlamentining birinchi sessiyasi 16–19-iyul kunlari Strasburgda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring