Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning to‘rtinchi paketini kiritdi.
YI Rossiyadan po‘lat va temir importini taqiqladi va aksincha, bu mamlakatga hasham buyumlar, qimmatbaho avtomobillar va zargarlik buyumlarini eksport qilishni chekladi.
Shuningdek, Rossiya energetika sohasiga yangi investitsiyalar (energiya zaxiralarini razvedka qilish va qazib olish bilan bog‘liq texnologiyalar va moliya xizmatlari) kiritish ham taqiqlandi. Faqat tinchlik maqsadlaridagi atom va energiya transportirovkasi bundan istisno.
Bir qator rossiyalik tadbirkorlar, jurnalistlar va kompaniyalar ham cheklovga tushdi: ularning to‘liq ro‘yxati hademay e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter