Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevroittifoq davlatlari 2018 yilda ilm-fanga qancha mablag‘ ajratdi?

Yevroittifoq davlatlari 2018 yilda ilm-fanga qancha mablag‘ ajratdi?

Foto: «Korrespondent.net»

Yevroittifoq statistika xizmati 28 ta a’zo davlatning 2018 yilda ilm-fan taraqqiyotiga qancha mablag‘ ajratganini ma’lum qildi.

2018 yilda ilmiy tadqiqotlar uchun eng kam mablag‘ ajratgan davlatlardan biri Litva bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 372 mln yevro yoki mamlakat yalpi ichki mahsulotining 0,88 foiziga teng. Undan ham kam pul ajratgan davlatlar sifatida Xorvatiya (YaIMning 0,86 foizi), Bolgariya (0,75%), Kipr (0,56%), Malta (0,55%), Latviya (0,51%) va Ruminiya (0,5%) qayd etilgan.

Estoniyada bu ko‘rsatkich YaIMning 1,29 foiziga, butun Yevroittifoqda esa 2,07 foizga teng.

Ilmiy izlanishar uchun eng ko‘p mablag‘ ajratgan davlatlar qatoridan Shvetsiya (3,33%), Avstriya (3,16%) va Daniya (3,06%) o‘rin olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring